Hoy do'stim, ayt nega holing parishon? Alamdan yuraging ezilyaptimi? Go'yoki dunyoda birgina sening Omadsiz kunlaring cho'zilyaptimi? Ishingda unum yo'q, uyingda timchlik Ro'zg'orni g'orligi sezilyaptimi? Bu ham yetmagandek og'ir kuningda Eng yaqin do'stlaring yuz buryaptimi? Siqilma, mehmondir tanangda bu jon ham Ko'p uchrar yo'lingda yaxshi-yu yomon ham Izlasang topilar har mushkulga iloj Gar zamonga boqmasang boqmas zamon ham Sandan ham mandan ham, undan ham bundan ham Bizdan ham zo'rdan ham qolar bu dunyo Kamdan ham ko'pdan ham, kengdan ham tordan ham Yo'qdan ham bordan ham, qidirma xato Kundan ham tundan ham, tongdan ham shomdan ham Oydan ham yildan ham, nolima aslo Balodan, qazodan, dardi bedavodan Uzrsiz xatodan asrasin Hudo Bir kam dunyo bu savdosi shunday Bir kuni unday-u bir kuni bunday Ko'ngling bu hayotning mitti uchqunday Tez yonib o'chishin his qilayaptimi? Qayg'uga berilma, kuyinma jo'ra O'ylanib o'tirma, tur undan ko'ra! Sinovi bergandan chorasin so'ra To'xtama toki yurak urayaptimi Siqilma, mehmondir tanangda bu jon ham Ko'p uchrar yo'lingda yaxshi-yu yomon ham Izlasang topilar har mushkulga iloj Gar zamonga boqmasang boqmas zamon ham Sandan ham mandan ham, undan ham bundan ham Bizdan ham zo'rdan ham qolar bu dunyo Kamdan ham ko'pdan ham, kengdan ham tordan ham Yo'qdan ham bordan ham, qidirma xato Kundan ham tundan ham, tongdan ham shomdan ham Oydan ham yildan ham, nolima aslo Balodan, qazodan, dardi bedavodan Uzrsiz xatodan asrasin Hudo Siqilma, ishlaring yurishmasa ham Do'stlaring yoningda turishmasa ham Kecha har so'zingga mushtoq kimsalar Hatto qo'l uzatib ko'rishmasa ham Siqilma, hali zo'r kunlar keladi Yo'qotganlaringning o'rni to'ladi Buguncha boriga shukr qil Shunda, ertangi kun sening kuning bo'ladi!